Potanin muzligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Potanin muzligi - Oltoy togʻlaridagi eng yirik vodiy muzligi. Mongoliya hududida. Tabin-Bogda Oʻla tog tugunining sharqiy yon bagʻrida. Uz. 19 km, kengligi 2,5 km gacha. Pastki chegarasi 2900 m balandlikda. Maydoni qariyb 50 km². Muzlikdan erigan suvlar Kobdo daryosi havzasiga oqadi. Potanin muzligini 1905 yilda rus geografi V.V.Sapojnikov (1861 — 1924) tadqiq etgan va G. N. Potanin nomiga qoʻygan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil