Poshshoxoja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Poshshoxoja, Poshshoxoʻja Abdulvahobxoja oʻgʻli, Xoja (1480, Niso — 1547, Buxoro) — shoir, davlat arbobi va yirik ulamo. Otasi — Abdulvaxrbxoja Sulaymonxoja oʻgʻli oʻz davrining yirik tasavvuf shayxi va shoiri boʻlgan. P. Niso va Marv mad-rasalarida taxsil olgan. Muhammad Shayboniyxon qozoq xonlari ustiga qilingan harbiy yurishdan qaytayotganda Nisoda toʻxtab, P.ni Durun viloya-tiga hokim qilib tayinlaydi (1508 yil aprel). 1510 yil P. Nisoning yangi hokimi Muhammad Solih bilan birgalikda Marv jangiga yetib kelgan. Shayboniyxon oʻlimidan soʻng dastlab Samarqand, soʻngra Buxoroga kelib yashagan. Shayboniylardan Muhammad Temur Sulton va Koʻchkunchixon xizmatlarida boʻlib (1511 — 14), Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida jumlat ul-mulk, sadrlik lavozimlarida ishlagan (1515—16). Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni fath etgach (1529 yil 21 okt.), u sadrlikdan shayxulislomlik daraja-siga koʻtarilgan. Keyinchalik Balx hokimi Kistan Karo Sulton (1544 yilv.e.) huzurida sadrlik va shayxulislom vazifasida faoliyat koʻrsatgan (1534—43). P. 1543 yilda oʻz vazifasidan voz kechib, Buxoroga qaytadi va badiiy ijod bilan shugʻullanadi.

P. nasr va nazmda adabiy asarlar yaratgan. Muhammad "Xoja" taxallusi bilan ijod qilgan. U Shayboniyxonning oʻgʻli Temur Sultonga atab "Miftoh ul-adl" ("Adolat kaliti", 1508—10), Kistan Qaro Sultonga bagʻishlab "Gulzor" (1538) kabi asarlar yozgan. Bu asarlarda axloqiy-didaktik xususiyatga ega boʻlgan fiqolarni sharx/tsh uchun mashhur podshohlar haqidagi turli hikoyat va masallar keltirilgan. Ularda davlatni boshqarish, raiyat bilan munosa-bat masalalari, insofli va adolatli podshoh obrazi tasvirlangan.

P. ruboiy, gʻazal, qita janrlarida ham ijod qilgan. Jonibek Sultonga atab "Maqsad ul-atvor" (1516—20) dostonini yozgan. Uzbek va fors tillarida tartib bergan devoni bizgacha yetib kelmagan. P.ning oʻgʻli Hasanxoja Nisoriyning "Muzakkiri ahbob" ("Doʻstlar yodnomasi") tazkirasida yozilishicha, P.ning turkiy gazallariga Bobur yuqori baho bergan.

P. Bahouddin Naqshband maqbarasi yonida dafn etilgan. Uning "Gulzor" va "Miftoh ul-adl" asarlari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti va SanktPeterburg Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi. Asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan.

Manbalar[tahrir]

  • Miftoh ul-adl va Gulzordan , T., 1962.

Adabiyot[tahrir]

  • Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1983.

Manzura Davlatova.