Portveyn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Portveyn (nem. Portwein, Portugaliyadagi Portu shahri nomidan va nem. wein — vino) — kuchli uzum vinosn. Tarkibida (hajmi boʻyicha) 17—20% spirt, 5—14% qand, 4—6 g/l vino kislotasi bor. Oq, pushti va kizil uzum navlaridan oxirigacha bijgʻimagan turp aralash sharbatni yoki yangi ezilgan gʻujumlarni etil spirti bilan spirtlash va muayyan muddat davomida yetiltirish yoʻli bilan tayerlanadi. P.ning oddiy va markali (3 yildan ortiq saqlab yetiltirilgan) xillari boʻladi.

Oʻzbekistondagi barcha vinochilik korxonalarida quvvati 18°, qandi 5% boʻlgan "Uzbekistan" P.i ishlab chiqariladi. Chet ellarda eng yaxshi P. Portugaliyada tayerlanadi (Porto Barros, Porto Dalva, Porto Kolxeyto va boshqalar) [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil