Portugaliya Gvineyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Portugaliya Gvineyasi (portugalcha: Guiné Portuguesa) — qit’aning g‘arbiy chekkasida, Atlantika okeani sohilida joylashgan mustamlakadir. Quruqlikda Senegal va Gvineya bilan chegaradosh.Tarkibiga Bolama orollari va Bijagosh tizma orollari ham kiradi. Maydoni 36 ming kvadrat kilometr, aholisi 565 ming kishi. Mamlakatning markaziy qismida fulabe va ballante qabilalari, sohil bo‘ylarida sudan qabilalari yashaydi. Ma’muriy markazi Bisau shahri (aholisi 20 ming kishi).

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatning quruqlik qismi past tekisliklardan, ba’zi yerlari esa botqoqliklardan iborat. Iqlimi issiq. Hayvonot va o‘simlik dunyosiga boy emas.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portugalnyaliklar mamlakatni XVI asr oxirlarida bosib oldilar. XVII-XVIII asrlarda Portugaliya Gvineyasi qul savdosining markaziga aylanadi. Mustamlakachilar shu yerdan turib Amerikaga qul jo‘natar edilar. Keyingi vaqtlarda qul oldi-sotdisi taqiqlandi, lekin yerli aholi quldan battar hayot kechirishga majbur etildi. Mustamlakachilar gvineyaliklarni ezib, xo‘rlab keldilar. Aholi o‘z vatanida xuddi qamoqda yotgandek kun kechirar edi, qorni ovqatga to‘ymay, hamisha muhtojlik azobini chekdi. Buning natijasida dahshatli kasalliklar avj oldi. Faqat “uyqu kasalligi”dan yiliga 8 ming kishi ishdan boʻshatilar edi. Ochlikdan o‘luvchilar borgan sari ko‘paydi. 1960-yilda “Portugaliya Gvineyasi Mustaqilligi uchun kurash Afrika partiyasi”ning memorandumida ta’kidlanishicha, mustamlakachilar “xalqni ezish vositasi sifatida ocharchilikdan foydalanmoqdalar va ocharchilikni jurttaga kuchaytirmoqdalar”. Aholining deyarli hammasi savodsiz edi.

Osiyo va Afrikada esayotgan mustaqillik va milliy-ozodlik shabadasi Portugaliya Gvineyasi aholisini ham ruhlantirib yubordi. Mazlumlar progressiv partiyalar rahbarligida mustamlakachilikka qarshi mardonavor kurashdilar.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat iqtisodiyoti nihoyat darajada qoloq. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi bilan band. Qishloq xo‘jaligida don ekinlari, shuningdek yongʻoq, kokos palmasi yeryong‘og‘i va boshqa ekinlar yetishtiriladi. Mamlakatda yog‘ ishlab chiqarish, sholi oqlaydigan zavodlar singari mayda korxonalar bor. Tabiiy boyliklari Amerika, Angliya, Fransiya va Portugaliya kompaniyalari qo‘lida. Portugaliya Gvineyasining harbiy-strategik ahamiyati katta. Shuning uchun ham mustamlakachilar bu hududdan harbiy baza sifatida foydalanishga urinib keldilar[1].

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 301- bet.