Kontent qismiga oʻtish

Portlatkich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Portlatkich — snaryad, mina, bom-balardagi portlovchi moddalari portlatish uchun ishlatiladigan mexanizm. Zarbiy P. (snaryad, bomba, mina va boshqalarning biron narsaga urilishi natijasida harakatga keladi), distan-sion P. yoki distansion naycha (snaryad, bomba va raketalarning uchish tra-yektoriyasida muayyan vaqt oʻtgach harakatga keladi), kontaktsiz P. (radiolokatsion, infraqizil, optik, akustik P. — snaryad, bomba, mina va boshqa nishonga tegmasdan, undan muayyan uzoqlikda harakatga keladi), ijrochi P. (kodlashtirilgan tashqi signalni qabul qilib, harakatga keladi) kabi turlarga boʻlinadi. Hamma turdagi P., umuman, detonatsiya zanjiri, portlatuvchi mexanizmlar (tepki, elektr kontakt va boshqalar) va saqlagich mexanizmlaridan iborat. P.da detonatsiya mexanik (alangalatuvchi piston yoki piston-detonator tepki urilishi yoki ishkalanish natijasida ishlaydi), elektr toki (elektr detonator elektr vositasida ishlaydi) va kimyoviy (singan ampuladan quyilgan reagent yonuvchi tarkibni alan-galantiradi) usulda hosil qilinadi. Nishonga tekkandan keyin portlash vaqtiga koʻra, P. oniy va sekin harakatga keladigan turlarga boʻlinadi. Artilleriya va aviatsiya P.ini oniy harakatga keltirish uchun snaryadni otishdan oldin uning saqlagich qopqogʻi buraladi yoki snaryad, bombaga oʻrnatilgan parrak aylanib, saqlagich qrpqogʻini buraydi. Muhandislik minalaridagi P.ni oniy harakatga keltirish siquvchi, tortuvchi, bosuvchi yoki yukni yengillashtiruvchi moslamalar yordamida amalga oshiriladi. P.ning harakatga kelishini sekinlatish uchun detonatsiya zanjiriga sekinlatkich qoʻyiladi yoki soat mexa-nizmi, kimyoviy reagent oʻrnatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil