Portland sement

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Portlandsementdan yoʻnaltirildi)
Portland sement

Portland sement (Inglizcha: Portland – Birlashgan Qirollikadagi yarim orol nomidan), suvga chidamli bogʻlovchi modda; qurilish materiali. Tarkibi asosan kalsiy silikatlardan iborat. Sementning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Klinker va gips (3—7%) aralashmasini juda mayin tuyib olinadi. Aralashmaga maʼlum miqdorda (10—15%) faol mineral modda aralashtirilishi ham mumkin. Tarkibi, xossalari va qoʻllanish sohalariga koʻra, Portland sement oddiy, tez qotuvchan, gidrofob, sulfatga bardoshli, oq rangli, asbest-sement mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan va boshqalarga boʻlinadi. Portlandsementning tarkibi va sifati asosan klinkerning tarkibi va uning qanchalik mayin tuyilganligiga bogʻliq. Uning eng muhim xossasi suv bilan taʼsirlashganda qotish xususiyatidir. Bu xususiyati marka bilan belgilanadi, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Portland sementning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori boʻlsa, material shuncha sifatli hisoblanadi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil