Portal munozarasi:Matematika

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Wikipediyaga xush kelibsiz

Matematika kursidan elektron о‘quv adabiyotlar yaratish texnologiyasi[manbasini tahrirlash]

О‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, ularni tayyorlash borasidagi ilmiy-uslubiy, tashkiliy va iqtisodiy masalalarni shal qilish uzluksiz ta’lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlariga erishishni ta’minlashga qaratilgan bir qator tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etadi. Ana shunday tadbirlardan biri multimediya muhitida elektron о‘quv adabiyotlar yaratishdir.

Bugungi kunda elektron о‘quv adabiyotlarini yaratish uchun oddiy algoritmik dasturlash tilidan tortib to MS Office, HTML – hujjat kabi turli vositalar qо‘llanilmoqda.

A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti “Ta’lim tizimini axborotlashtirish va multimediya” ilmiy-uslubiy markazida multimediya mushitida  “Macromedia Flash”, “GIF Animation”, “Microsoft FrontPage”, “Adobe Photoshop 7.0”, “3D Max”, “Microsoft PowerPoint” kabi Internet texnologiyalaridan foydalanib  fanlar bо‘yicha, shu jumladan, “Matematika” fani bо‘yicha elektron о‘quv qо‘llanma ustida ish olib borilmoqda.

Shu kunga qadar mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun “Chiziqli funksiya va uning grafigi” mavzusini о‘rganish buyicha multimediyali о‘quv qо‘llanma yaratilgan.

Dastur HTML va Microsoft Visual Basic-6 dasturlash tilida tuzilgan bо‘lib, quyidagi bо‘limlardan tashkil topgan:

-        dastur tavsifi;

-        mavzu mazmunini tanlash;

-        mashg‘ulotni namoyish etish qobig‘i;

-        grafik animatsiya;

-        ovoz berish fayllari;

-        matnli fayllar;

-        nazorat dasturi(test dasturi).

  Ushbu elektron о‘quv qо‘llanma bir qator imkoniyatlarga ega. Chunki, boshqa fanlar singari matematika fanini о‘qitishning an’anaviy uslubiyati fandan tayyor bilimlarni о‘quvchilarga о‘qituvchi tomonidan berilishiga asoslangan. Bu uslubiyat esa axborot asrida axborotlashgan jamiyat talablariga javob bera olmaydi, chunki “butun umrga yetarli bilim” tamoyilidan “umr davomida bilim olish” tamoyiliga о‘tilmoqda. Bundan tashqari eshitish orqali qabul qilingan ma’lumotlarga nisbatan, kо‘rib qabul qilingan ma’lumotlar о‘quvchilar xotirasida  5-10 marta ortiq ancha yaxshi eslanib qoladi.

Demak, ushbu elektron о‘quv qо‘llanma о‘quv materialini о‘z ichiga olgan matn, bо‘limlar, grafiklar, animatsiyalar, ishlovchi dasturlar, bilimlarni nazorat qilish tizimlari(test va topshiriqlar) xamda qulay imkoniyatlari bilan an’anaviy о‘quv qо‘llanmadan tubdan farq qiladi. Xurramjspu (munozara) 07:21, 14-Sentabr 2022 (UTC)