Foydalanuvchi munozarasi:Xurramjspu

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKANI O‘QITISH[manbasini tahrirlash]

O‘quvchilarning biror–bir sohani yoki predmetni faol egallashi uchun faqatgina nazariy bilimgini yetarli bo‘lmasdan, balki masalani hal etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar ham shakllangan bo‘lishi kerak. Shuning uchun maktab darsliklari mavzusini faqatgina nazariy jihatdan emas, balki amaliy ko‘rinishda, yani ko‘rgazmali qurollar, harakatli tasvirlar orqali o‘tish va o‘quvchilar tasavvurlarini kengaytirish lozim. Buning uchun esa matematika darslari uchun elektron ishlanmalar yaratish zarur hisoblanadi. Yaratilgan ushbu elektron ishlanma ana shunday imkoniyatlarni yaratadi.

Ta’limga kompyuterli o‘qitish texnologiyasini joriy qilishning didaktik samaradorligi deganda, kompyuter va axborot texno­logiyalari vositalaridan foydalanib, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha o‘qituvchi faoliyati samaradorligi tushuniladi.

Buni o‘quv jarayonida kompyuterli o‘qitish texnologiyasini qo‘llashning didaktik samaradorligini o‘lchash va baholash, o‘quv jarayonining sonli va sonli bo‘lmagan ko‘rsatkichlari bo‘yicha umumlashtirish va bir statistik ma’lumotni boshqasi bilan taqqoslash orqali amalga oshirish mumkin.

Axborot-komunikatsiya texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelishi, medetsina, qishloq xo‘jaligi, biznesni yo‘lga qo‘yish, sport, kino, musiqa sohalariga qulayliklar yaratib kelmoqda. Axborot-komunikatsiya texnologiyalarining san’at, musiqa, kino, sohalarida kirib kelishi esa jahonda yurtimizning umumiy san’at sohasida tutgan o‘z o‘rnini egallashda yordam berdi.

Ma’lumki boshlang’ich ta’limda matematika fanini o’qitish rasm, musiqa, atrofimizdagi olam, odobnoma fanlarini o’qitishga qaraganda biroz murakkabroq. Aynan mana shu fan 7 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan boshlang’ich ta’lim o’quvchilaridan aqliy mehnat talab qiladi.

Matematika fanini o’qitish jarayonida asosiy e’tibor matematik tushunchalarni o’rgatish bilan bir qatorda formulalar yordamida hisoblash ishlarini to’g’ri amalga oshirishdan iboratdir. Ayniqsa, berilgan masalani hal qilishda, avvalo, qo’yilgan shartni va noma’lumni aniqlab olish kerak. Shunga monand matematik model qurib olinadi va tenglama shakliga keltiriladi. Tenglamani yechish orqali esa noma’lumni aniqlaymiz va qo’yilgan masalaning shartiga e’tibor qaratamiz. Chunki, noma’lumni aniqlaganimiz bilan qo’yilgan masalani hal qilgan bo’lmaymiz. Demak, qo’yilgan masalani tasavvur qilib, ko’z oldimizga keltirishimiz kerak bo’ladi. Bu jarayon, ya’ni tasavvur qilish, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilarida hali unchalik darajada shakllanmagan bo’ladi. Natijada matnli masalalarni hal qilish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida qiyinchiliklar vujudga keladi.

Boshlang’ich ta’limning matematika olamiga nazar solsak, dastlab o’quvchilar son va raqam tushunchalari, ularning yozilishi, o’qilishi bilan tanishadilar. So’ngra qo’shish ayirish amallari o’qitiladi. Dastlab bir xonali sonlar, so’ng ko’p xonali sonlar uchun o’qitiladi. Eng ahamiyatlisi shundaki, har qanday 7, 8, yoshli bola sonlarni qo’shib ayirishda qiynalishi mumkin. Lekin o’yinchoqlar, mevalar, daftar yoki qalamlar sonini qo’shib ayirish haqida gap ketganida, ularning tarqoq fikrlari bir nuqtaga keladi. Bolalarni 4+2=? Misoldan ko’ra 3 ta olxo‘riga 2 ta olxo‘rini qoshganda qancha olxo‘ri hosil bo’lishi qiziqtiradi.

Demak, 3 + 2 = 5 bo‘lishini biladilar.

7, 8 yoshli bola tayyor sonlar yordamida tuzilgan masalani yecha olishda qiynalishi mumkin. Biroq bolalar o’zlarini qiziqtirgan suratlar (mevalar, o’yinchoqlar, parrandalar, dengiz hayvonlari) yordamida tuzilgan masalalarni qiziqish bilan tinglaydilar va ishlashga harakat qiladilar. Suratlar orqali o’zlari yangi masalalar ham tuza oladilar.

Berilgan masalani ikki xil usulda yechamiz. Dastlab faqat raqamlardan iborat holda yechishni ko‘rsatamiz. Bunda o‘quvchilar ancha qiynaladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinfning 1-2 sinf o‘quvchilari qiyinroq tushunadilar.

Agarda ikkinchi usul, rasmlar yordamida masalaning yechimini ko‘rsatsak, o‘quvchilar tezroq va yaxshi tushunadilar.

Ikkala holat ko‘rsatilsa, o’quvchilarning e’tiborini rasm usulda berilgan masala tortadi. Matn ko’rinishida berilgan masalaga esa o’quvchilar o’qituvchining ko’rsatmasi tufayligina qaraydilar.

Misol. Azizda 2 dona nok, 1 dona olma, 3 dona gilos va 2 dona olxo‘ri bor edi. Azizdagi barcha mevalar sonini aniqlang.

2 + 1 + 3 + 2  = 8

Aslini olganda hamma o’quvchi zehnli buni yuzaga chiqarish, berilgan misol va masalalarni soddaroq tushintirish biz o’qituvchilarning vazifasi. Aytmoqchimizki, bolalarga matematikani o’qitishda suratlardan foydalanilsa, ko‘proq tushuncha bera olamiz va tezroq maqsadga erishishga yo‘naltirgan bo’lamiz.

Demak, boshlang’ich sinf matematika darslarida matnli masalalarni yechishda rasmlardan foydalanib yechishni o’rgatish o’quvchilar tasavvurlarini kengaytiradi, ko’rgazmalilikni oshiradi. Xurramjspu (munozara) 07:23, 14-Sentabr 2022 (UTC)