Port-jantil
Qiyofa
Port-jantil — Gabondagi shahar. Ogave daryosi boʻyida. Dengiz boʻyi Ogave provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 80,8 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Mamlakatning Atlantika okeani sohilidagi asosiy porti, chetga neft va taxta chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik (taxta tilish, faner ishlab chiqarish), oziq-ovqat sanoati korxonalari, kislorod-atsetilin zavodi, kema verfi bor. Issiqlik elektr styasi koʻrilgan. P.-J. yaqinidagi konlardan neft va tabiiy gaz olinadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |