Pop zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pop zilzilasi - 1984 yil 17 fevda soat 23 dan 27 min. oʻtganda sodir boʻlgan. Zilziladan Pop va uning atrofidagi bir qancha qishloqlar tala-fot koʻrgan. Zilzila kuchi epitsentrda 8 ballga yetgan, magnitudasi 5,7, chuq. 15 km. Bu hudud uchun zilzila tasodifiy hol boʻlmasdan, balki seysmotektonik izlanishlar natijasida oldindan (1976 yil) belgilab qoʻyilgan Namangan seysmogen zonasida roʻy bergan. Bu zona uchun oldindan koʻrsatilgan joyda zilzilaning boʻlishi olimlar bashoratini oqladi. Asosiy zilziladan soʻng bir oy ichida 50 dan ortiq 5—6 balli tebranish takrorlandi. Ulardan Uygʻursoy, Mirzatol, Pop, Nayman, Xoʻjaobod, Sang , Gʻurumsaroy, Chust kabi shahar va qishloqlar jiddiy zarar koʻrgan. Togʻlarda koʻchkilar sodir boʻlgan, Sirdaryo qirgʻoqlarida kengligi 15—25 sm li yoriqlar vujudga kelgan. Bundan keyin ham kuchli zilzilalar faqat shu zonada sodir boʻlishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil