Kontent qismiga oʻtish

Polyphony Digital

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Polyphony Digital
Sobiq nomi Polys Entertainment
Turi Shoʻba (korxona)
Tarmogʻi Video oʻyinlar
Egasi Kazunori Yamauchi
Qachon asos solingan 2-aprel, 1998-yil(1998-04-02)
Joylashuvi Tokio, Yaponiya
Rahbariyat Kazunori Yamauchi (prezident)
Mahsulot(lar)i Gran Turismo series
Ishchilar soni ~300[1] (2022-yil fevral)
Aʼzolari PlayStation Studios
Vebsayti polyphony.co.jp

Polyphony Digital - PlayStation Studios uchun birinchi darajali video oʻyinlarni ishlab chiqaruvchi yapon studiya. Dastlab, Sony Computer Entertainment kompaniyasining Yaponiya studiyasidagi Polys Entertainment nomi bilan tanilgan ishlab chiqarish guruhi[2][3]. Yaponiyada Gran Turismo video o`yini muvaffaqiyatidan so‘ng, ularga ko‘proq erkinlik berildi, alohida kompaniya sifatida qayta tashkil etildi va o‘zlarini Polyphony Digital deb nomladilar. Hozirda kompaniyaning to‘rtta studiyasi mavjud: Yaponiyada ikkita studiya, Niderlandiyada bitta studiya va AQShda yana biri.

Kompaniya haqida maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiya Gran Turismo poyga o‘yinlari seriyasi bilan mashhur. Kazunori Yamauchi boshchiligidagi Gran Turismo PlayStation, PlayStation 2 va PlayStation 3 da eng muvaffaqiyatli poyga seriyasiga aylandi. Gran Turismo seriyasi haqiqiy haydovchilik mahoratini taklif qiluvchi realistik boshqaruv simulyatori. 2006-yilda Polyphony Gran Turismo realistikasini mototsikl poygalariga olib kirish maqsadida Tourist Trophy video o`yinini taqdim etdi.

Ishlab chiqargan oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polys Entertainment sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻyin nomi Ishlab chiqarilgan yili Platforma
Motor Toon Grand Prix 1994-yil 16-dekabr PlayStation
Motor Toon Grand Prix 2 1996-yil 24-may
Gran Turismo 1997-yil 23-dekabr

Polyphony Digital sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻyin nomi Ishlab chiqarilgan yili Platforma
Omega Boost 1999-yil 22-aprel PlayStation
Gran Turismo 2 1999-yil 11-dekabr
Gran Turismo 3: A-Spec 2001-yil 28-aprel PlayStation 2
Gran Turismo Concept 2002-yil 1-yanvar
Gran Turismo 4 Prologue 2003-yil 4-dekabr
Gran Turismo 4 2004-yil 28-dekabr
Tourist Trophy (video oʻyin) 2006-yil 2-fevral
Gran Turismo HD 2006-yil 24-dekabr PlayStation 3
Gran Turismo 5 Prologue 2007-yil 13-dekabr
Gran Turismo (2009-yil video oʻyin) 2009-yil 1-oktabr PlayStation Portable
Gran Turismo 5 2010-yil 24-noyabr PlayStation 3
Gran Turismo 6 2013-yil 6-dekabr
Gran Turismo Sport 2017-yil 17-oktabr PlayStation 4
Gran Turismo 7 2022-yil 4-mart PlayStation 4, PlayStation 5[4][5][6]

Boshqa loyihalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polyphony Digital real hayotdagi avtomobil loyihalarida ham ishtirok etgan. Ular ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun o‘z avtomobillarining namoyishi sifatida "Gran Turismo" o‘yinlarining maxsus versiyalarini ishlab chiqdilar. Shuningdek, Nissan ularga birinchi marta "GT Concept: 2002 Tokyo - Geneva" da "Nissan 350Z Gran Turismo Aero" nomi bilan ko`rinish bergan, keyinchalik GT4 da GRAN TURISMO tomonidan "Fairlady Z NISMO S-Tune Concept" ga aylangan 350Z kupesi uchun maxsus korpus loyihalashni topshirdi. Shu bilan birga, kichik uslubdagi o‘zgarishlari va 400PS mavjud bo`lgan, tezkor "Z-Tune" versiyasi ham mavjud edi. S-Tune keyinchalik NISMO (NISSAN MOTORSPORT) tomonidan haqiqiy hayotda mavjud egalari uchun tyuning to`plami sifatida sotilgan. 2007-yilda ular yangi Nissan GT-R da G kuchlar, tezlanish ko`rsatkichi, tormoz pedali bosimi, rul burchagi, avtomobilning tejamkor ishlashini ta’kidlash uchun "optimal uzatmalar qutisi xaritasi" kabi ishlash ma’lumotlarini ko‘rsatadigan ko‘p funksiyali displeyni loyihalash uchun shartnoma tuzdilar[7]. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi Nissan GT-R ning foydalanuvchiga qulay "ko‘p funksiyali hisoblagichini" ishlab chiqadigan kompaniyani qidirganida, Gran Turismo kabi video o‘yinlarda qo‘llaniladigan oddiy menyu tizimlari tufayli Polyphony aniq tanlov bo‘lganini aytadi. "Agar siz GT-R ning G kuch ma’lumotlari va boshqa barcha narsalar bilan ko‘p funksiyali hisoblagichi haqida o‘ylasangiz, biz uni o‘qish va foydalanish juda oson bo‘lishini xohladik," - deydi Nissan kompaniyasining xalqaro aloqa bo‘yicha vitse-prezidenti Simon Sproule. "Gap haqiqatan ham video o‘yinlar va ularning menyu tizimlari qanday ishlashining mantig‘i, ulardan har kim foydalanishi mumkin va keyin uni mashinaga qo‘llash haqida"[8].

  1. „Interview de Kazunori Yamauchi, le papa de Gran Turismo nous parle du 7ème opus“ [Interview with Kazunori Yamauchi, the father of Gran Turismo, about the 7th opus] (French). jeuxvideo.fr (2022-yil 3-fevral). Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  2. „Corporate Profile“. polyphony.co.jp. 2012-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-yanvar.
  3. „Polyphony Digital Inc.“. MobyGames. Qaraldi: 2013-yil 16-iyul.
  4. Evans, Andrew „Gran Turismo 7 Release Date is March 4 2022“. GTPlanet (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
  5. „PlayStation's Jim Ryan: 'We're making a completely new VR format for PS5'“ (en-GB). British GQ. Qaraldi: 2021-yil 23-fevral.
  6. „Hermen Hulst Q&A: What's Next for PlayStation Studios“ (en-US). PlayStation.Blog (2021-yil 2-iyun). Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
  7. Edmunds Inside Line: A Day in Germany With the GT-R Engineers (Wayback Machine saytida 2007-10-18 sanasida arxivlangan)
  8. Amy „MAZDA 121“. Drive (2016-yil 3-oktyabr). 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-sentyabr.