Polvontosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Polvontosh — Andijon viloyatining Marxamat tumaniga qarashli aholi punkti.

Polvontosh — Andijon viloyati Marhamat tuman idagi shaharcha (1947 yildan). Adirlar oʻrtasida joylashgan. Viloyat markazidan 30 km, tuman mar-kazidan 17 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Asaka (15 km). Aholisi 6,7 ming kishidan ziyod (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, rus, qirgʻiz, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. P. 1940 yilda neft koni ochilishi munosabati bilan konchilar shaharchasi sifa-tida vujudga kelgan. P. atrofidan neft va gaz qazib olinadi. Poyabzal fabrikasi, 2 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, tibbiy sanitariya qismi, Polvontosh sanatoriysi (PO oʻrinli) mavjud. P. — Asaka, P. — Marhamat yoʻnalishida avtobuslar qatnaydi.[1]

Bu shaharchada sovet paytida koʻp turli millatga mansub xalqlar yashagan. Koʻpchiligi oʻzbek, qirim-tatar, rus, koreys, qirgʻiz, tojik va boshqa Adirlardan neft qazib olingan va olinmoqda.

Sovet paytida magazinlar, doʻkonlar Moskva, markazdan taʼminlangan.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil