Kontent qismiga oʻtish

Polshada pivo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Piwo jasne lekkie deb ataladigan odatiy polsha pivo idishi
Supermarket javonida turli xil polsha pivolari

2013-yil oxirida Polshada 97 ta pivo zavodi mavjud edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin koʻpchilik pivo zavodlari kommunistik rejim ostida milliylashtirildi. 1990-yillarning boshlarida, kommunistik mafkura parchalanganidan soʻng, Polsha bozor iqtisodiyotiga oʻtganida, bu yerga yirik xalqaro pivo kompaniyalari kirib keldi. Hozirda Polsha pivo bozorining 85 foizi faqat uchta kompaniya tomonidan nazorat qilinadi. Eng mashhur Polsha pivo brendlari: Zywiec, Okosim, Warka, Lech va Tyske hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polsha pivo tayyorlash anʼanasi dunyodagi eng qadimgi tayyorlash usullaridan biridir. Uning ildizlari barcha polyaklarning afsonaviy ajdodi boʻlgan Lex davrlariga borib taqaladi. Polsha pivosi haqida eng qadimgi yozma eslatmani Merseburglik Titmarning yilnomasida topish mumkin, u „birinchi Polsha qiroli Boleslav Jasur, mast qiluvchi pivoga boʻlgan ishtiyoqi tufayli Pivolub laqabini olgan“ deb taʼrif berib ketgan. Bu fakt shuni koʻrsatadiki, pivo Polshada X asrning oxirida maʼlum boʻlgan[1].

Pivo tayyorlash Polsha iqtisodiyotining juda muhim qismi hisoblanadi. Ushbu ichimlikning oʻziga xos retsepti qatʼiy ishonch bilan saqlangan, uning oshkor etilishiga hatto oʻlim bilan tahdid qilingan. Polsha rasmiylari pivo ishlab chiqaruvchilarning ishini kuzatib borishadi va pivo sifati tushib ketmasligi uchun yangicha usullardan foydalana boshlaydi.

Pivo bozori[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Polshada 3,82 milliard litr pivo sotilgan. Ushbu ichimlikning ichki bozorda umumiy savdosi deyarli 4,5 milliard yevroni tashkil etdi. Polshaning aholisining 88 foizi yiliga kamida bir marta pivo ichadi[2]. Bir kishi uchun isteʼmol qilinadigan pivo miqdori boʻyicha Polsha Yevropa Ittifoqida faqat Chexiya, Avstriya va Germaniyadan keyin toʻrtinchi oʻrinni egallaydi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Польское пиво“. ostarbeiter.vn.ua (2013-yil 26-dekabr). 2013-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-noyabr.
  2. „В прошлом году поляки выпили пива на 4,5 миллиарда евро“. polradio.pl. Polskie Radio (2014-yil 26-noyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-noyabr.