Polivinil spirt p

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

POLIVINIL SPIRT [-SN2-—SN(ON)—]p — oq rangli qattiq polimer modda. Mol. m. (5—200)-103. Suyuqlanish temperaturasi 225—230°, parchalanish temperaturasi 170—230°; zichligi 1270–1300 kg/m3; gigroskopik. Suvda, glikol va glitserinda eriydi, alifatik va aromatik uglevodorodlar (benzin, benzol va h.k.)da deyarli erimaydi. Polivinil spirt p oʻzining murakkab poliefirlari (mas, poli-vinilatsetat)ni gidrolizlab olinadi. Polivinilatsetatlar olishda qoʻllanadi. Tola, emulgator, yelim, dorilarni va oziq-ovqat mahsulotlarini quyultirgichlar sifatida, xirurgiya ipagi va h.k. tayyorlashda ishlatiladi. Polivinil spirt p plyonkalari pishiq, gaz oʻtkazmay-di, ozonga chidamli.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil