Polispast

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Polispast (yun. polyspastos — koʻp arqonlar bilan tortiladigan) — bir necha qoʻzgʻaluvchan va qoʻzgʻalmas bloklar hamda shu bloklar orqali oʻtkazilgan poʻlat arqonlar (troslar)dan iborat yuk koʻtarish qurilmasi. P. yordamida koʻtariladigan yukning vazni bloklar va poʻlat arqonlar tarmogʻiga tarqaladi, shuning uchun yukni koʻtarish uncha qiyin boʻlmaydi. P. koʻpincha yuk koʻtarish mashinalari (mas, yuk koʻtarish kranlari)ning bir qismi hisoblanadi. Baʼzan, P. chigʻir (lebedka) bilan birlashtirib yasaladi. Yengil yuklarni koʻtarishda P.ning oʻzidan mustaqil tarzda foydalanish mumkin. P. qurilish, portlar va uy-roʻzgʻorda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil