Polis
Polis (yun. polis, lot. civitas) — shahar-davlat. Yunoniston va Qad. Italiyada jamiyat va davlatni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tashkil etishning alohida shakli. P. davlat apparati toʻla huquqli erkak fuqarolarning xalq majlisi (apella, ekklesiya), kengash (gerusiya, areopag , bule, senat) va turli saylanuvchi mansabdor shaxslar (magistratlar) dan tashkil topgan. P.lar oligarxik (mas, Sparta) yoki demok-ratik (mas, Afina) boʻlgan. P.dagi shahar aholisining bir qismi (meteklar, perieklar, har qanday huquklardan mahrum boʻlgan qullar) fuqarolar tarkibiga kiritilmagan va huquqsiz boʻlgan. P. Yunonistonda miloddan avvalgi 4-asrning boshida (eng rivojlangan davri miloddan avvalgi 5-asr), Rimda miloddan avvalgi 3—1asrlarda (eng rivojlangan davri miloddan avvalgi 5—3-asrlar) inqirozga uchragan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |