Poliptix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Poliptix (yun. polyptychos — koʻp qavatli yoki taxtachalardan tuzilgan) — 1) koʻp tabaqali 3 dan ortiqtasvir yoki relyefli buklama: rassom yoki rassomlar guruhi tomonidan yaratilgan asar;2) umumiy gʻoya, yagona rang va kompozitsiya jiqatidan birlashgan bir nechta kartina.

Yevropa mamlakatlarida ibodatxona mexroblari uchun ishlangan ikona asarlari ham koʻp qismli boʻlib, P.ning yorqin namunasidir. P. asarlari alohida qismlarda ishlanib birlashtirilishi yoki bir yuzaga ishlanib hoshiya yoki chiziklar bilan bir necha qismlarga ajratilishi mumkin. 16-asrdan Gollandiya, Germaniya va boshqalarda ibodatxonalar uchun "Injil"dan olingan syujetlarga kompozitsiyalar, koʻp qismli asarlar ishlash keng yoyildi. Mas, aka-uka Van Eyklar P.ning yorqin namunasini yaratgan.

Oʻzbekistonda P.ning ilk namunasi 19-asr oxirlarida qurilgan ibodatxonalar meqroblari uchun yaratilgan iko-nastaslardir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil