Poliplar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Poliplar (yun. polypus — koʻpoyoqli) — yakka yoki koloniya boʻlib oʻtroq yashovchi boʻshliqichlilarning umumiy nomi. Asosan, dengizlarda (gidralar — chu-chuk suvlarda) tarqalgan; oʻlchami bir necha mm dan bir necha m gacha. Gavdasi silindrsimon, yuqori tomonida pay-paslagichlar bilan oʻralgan ogʻzi joylashgan. Pastki "tovon" tomoni bilan sub-stratga (yakka yashovchi P.) yoki koloniya poyasiga (koloniya boʻlib yashovchi P.) yopishadi. Koʻpchilik koloniya boʻlib yashovchi P. tashqi yoki ichki ohak yoki organik skeletga ega. Harakatlanishi, asosan, paypaslagichlarining choʻzilishi yoki qisqarishidan iborat. Ayrim yakka yashovchi P. (gidralar, aktiniyalar) substratda sekin siljishi mumkin. Nasl gallanishi orqali koʻpayadigan boʻshliqichlilarda P. jinssiz nayel boʻlib, faqat kurtaklanish yoki koʻndalang boʻlinish orqali koʻpayadi va P. yoki meduzalar hosil qiladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil