Polineziya kichik oblasti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Polineziya kichik oblasti -Avstraliya quruqlik zoogeografik oblastining kichik oblasti. Polineziya kichik oblastio.ga Yangi Zelandiya kichik oblastitsan shimolida joylashgan Tinch okean o.lari va arxipelaglari (Gavayi o.dan tashqari) kiradi. Polineziya kichik oblastio. faunasida barcha o. fau-nasiga oʻxshab endemik turlar koʻp, sut emizuvchilar kam. Quruqlikda sut emi-zuvchilardan qoʻlqanotlilar (shomshapalaklar, uzunqanotlilar, katta qanotlilar) hamda odamlar bilan birga kelib qolgan mayda kemiruvchilar uchraydi. Kushlar nisbatan xilma-xil, ayniqsa, kaptarlar va suvda suzuvchi qushlar (albatroslar, baliqchi qushlar va boshqalar) kup. Bu yerda katta oyokli tovuklar, toʻtilar, kakkular, asalxoʻrlar, boyqushlar, qaldirgʻochlar, salangalar, moshaklar, lochinlar ham tarqalgan. Sudralib yuruvchilar, asosan, daraxtlar tanasida suzib kelib qolgan. Ulardan gekkonlar va ssinklar, sohil yaqinida dengiz ilonlari koʻpchilikni tashkil etadi. Chuchuk suv baliklaridan utkinchi formalar (mas, ilonbaliq) keng tarqalgan. Polineziya kichik oblastio. faunasidan quruqlikda yashab, dengizda koʻpayadigan palma oʻgʻrisi qisqichbaqasi koʻp uchraydi. Polineziya kichik oblastio.ning gʻarbiy qismi (Melaneziya orollari guruhi) faunasi sharqiy qismiga nisbatan xilma-xil. Masalan, Taiti va Markiz o.da qushlar, sudralib yuruvchilar bor, lekin qoʻlqanotlilar yoʻq. Pasxa o. faunasi yana ham kam sonli bulib, suv qushlari va odam bilan kelib qolgan bir necha tur hasharotlar, urgimchaklar va mollyuskalardan iborat. Melaneziya faunasining xilma-xilligini ular bir vaqtlar katta quruklik bilan bogʻlanganligidan deyish mumkin. Koʻpchilik hayvonlar (echki, mushuk, chuchqa, quyon) Yevropa va Shimoliy Amerikadan odam bilan birga kelib qolgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil