Polina Ivanovna Fyodorova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fyodorova Polina Ivanovna (1906. 30.9, Moskva viloyati Lermontovo qishlogʻi) — endokrinolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971), tibbiyot fanlari doktori (1962), professor (1965). Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1928). Toshkent viloyati va Samarkand shahri kasalxonalarida uchastka vrachi (1928—32), Tosh TI gospital terapiya kafedrasida ordinator (1932—35), assistent (1936— 42), dotsent (1943), Toshkent tibbiyot akademiyasi stomatologiya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1965—72), davolash fakulteti gospital terapiya kafedrasining endokrinologiya kursi rahbari (1972— 77), 1977 yildan endokrinologiya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari endokrinologiya masalalariga oid. Issiq iqlim sharoitida Bazedov kasalligining kechishi, uning oldini olish va davolash ustida tadqiqot olib borgan.

Manbalar[tahrir]

  • Voprosi klimatofiziologii, T., 1939; Mejutochnogipofizarnie zabolevaniya i organ zreniya (v soavtorstve), T., 1971.