Polimorfizm
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Ushbu sahifani Kristall polimorfizmi bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Polimorfizm (poli... va yun. morphe — shakl) — baʼzi moddalarning turli kristall strukturali holatlarda boʻlish xossasi. Shu xrlatlarning har biri polimorf modifikatsiya deyiladi. Har bir modifikatsiya tuzilishi va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ular a, r, u va boshqa yunon harflari bilan belgilanadi. P. 1798-yilda kashf qilingan.
Oddiy moddalar, shuningdek, organik va anorganik birikmalar P. xusu-siyatiga ega. Mas, uglerod (S) tashqi koʻrinishi va fizik xossalariga koʻra bir-biridan keskin farq qiladigan kubik (olmos) va geksagonal (grafit) modifikatsiyalarga ega. Kimyoviy ele-mentning tuzilishi va xossalari turlicha boʻlgan ikki yoki undan ortiq oddiy modda holida mavjud boʻla olishi allotropiya deyiladi.
Har bir polimorf modifikatsiya maʼlum temperatura va bosimda turgʻun boʻladi. Modda beqaror, metastabil (tormozlangan, toblangan, oʻta sovitilgan) holatda uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Pekin modda to maʼlum omil taʼsir ettirilguncha (muayyan temperatura va bosim soxalari chegarasida) bu holatda boʻla oladi. Ikki modifikatsiyaning turgʻun sohasi umumiy chegaraga ega boʻlsa, beqaror xrlatdan turgʻun holatga oʻtish qaytar (enantiotrop) almashinish, umumiy chegaraga ega boʻlmasa, qaytmas (monotrop) almashinish boʻladi. Masalan, rombik tizimda kristallanadigan aragonit (SaSO3) qizdirilsa, trigo-nalsingoniyada kristallangan kalsit (SaSO3) ga aylanadi. Pekin kalsitni qizdirish yoʻli bilan aragonitga aylantirish mumkin emas.
P. hodisasini oʻrganish yer osti boyliklarini izlab topishga va ularning paydo boʻlish xususiyatlarini toʻgʻri aniklashga imkon beradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |