Polimeriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Polimeriya (yun. polymereia — koʻp murakkablik) — genlarning oʻzaro taʼsiri tiplaridan biri. P.da bir belgining rivojlanishi bir xilda taʼsir etuvchi 2 va undan ortik, allel boʻlmagan genlarga bogʻliq. P. 1909-yilda shved olimi N.G. Nilson-Ele tomo-nidan kashf etilgan. Xoʻjalik nuqtai nazaridan qimmatli boʻlgan belgilar, mas, gʻoʻzaning boʻyi, tola chiqimi, tola uzunligi, koʻsagining ogʻirligi, chigi-tining yogʻliligi va boshqa belgilari P. ti-pida irsiylanadi. Shartli ravishda kumulyativ va nokumulyativ P.ga ajra-tiladi. Kumulyativ P.da belgining fenotipda kuchli yoki kucheiz namoyon boʻlishi genotipda ishtirok etadigan dominant allellarning soniga bogʻliq. Mik,doriy belgilar kumulyativ P. tipida irsiylanadi. Nokumulyativ P.da belgining fenotipik namoyon boʻlishi dominant allellar soniga bogʻliq emas. Dominant belgining namoyon boʻlishi uchun genotipda birgina dominant al-lelning boʻlishi kifoya. Biokimyoviy darajada P. asosida belgining rivojlanishiga taʼsir qiluvchi biosintez reaksiyalari yotadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil