Poliklet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Poliklet (Polykleitos) (miloddan avvalgi 5-asr 2yarmi) — yunon haykaltaroshi va sanʼat nazariyotchisi, yuksak klassikaning yetakchi namoyandalaridan. P.ning bronzadan yasalgan "Dorifor", "Yarador Amazonka", "Diadumen" va boshqa haykallari nusxalaridan va qad. mualliflarning yozmalaridan maʼlum. P.ning "Risola"sidan ayrim parchalargina saqlangan. Inson tanasi goʻzalligi va ideal mutanosibligi hamda uygʻunligini raqamli qonunda ifodalab bergan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil