Kontent qismiga oʻtish

Polifiliya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Polifiliya (poli… va yun. phylon — avlod, qabila) — muayyan organizmlar guruhining tarixiy jarayonda yaqin qarindosh boʻlmagan bir qancha ajdod guruhlardan kelib chiqishi. P. konvergensiya asosida amalga oshadi va divergensiyaga asoslangan evolyutsion prinsip — monofiliyaga qarshi qoʻyiladi. Filogenetik sistematika nuqtai nazaridan mazkur taksonning polifilitik kelib chiqqanligini aniqlash uni monofilitik guruhlarga boʻlishni taqozo etadi. Masalan, ilgari bitta turkumga kiritilgan quyonlar va kemiruvchilarning polifilikligi aniqlangan. Hozirgi bu 2 guruh kemiruvchilar va tovushqonsimonlar turkumlariga ajratiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil