Polifagiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Polifagiya (poli... va ... fagiya) — 1) odamlarda, mechkaylik — ovqatni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish. P. sogʻlom odamda energiya va oqsilga talabning oshishi (uzoqochlikdan, ogʻir jismoniy mehnat va yuqumli kasalliklardan soʻng) yoki ayrim kasalliklar (qandli diabet, buqoq va boshqalar), shuningdek, gipotalamusdagi ovqatlanish markazining qoʻzgʻalishi tu-fayli (mas, nevrozlar, aqli zaiflik-da) paydo boʻladigan soxta ochiqish hissi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin; 2) hayvonlarda, hammaxoʻrlik (zoologiya); hayvonlar (polifaglar)ning xilma-xil oʻsimlik va hayvonlar bilan oziqlanishi. Masalan, oʻtloq parvonasi qurti 160 turga yaqin oʻsimlik, sariq oʻrmon chumolisi yuzlab tur hasharotlar va boshqa umurtqasizlar hamda ayrim oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Baqalar, qur-baqalar, kaltakesaklar, koʻpchilik yirt-qich qushlar (kalxatlar, burgutlar), sut emizuvchilar (boʻrilar, tulkilar) P. hisoblanadi. P. ovqat hazm qilish sistemasida muayyan anatomik, biokimyo-viy va fiziologik moslanishlar (mas, xilmaxil fermentlar boʻlishi) bilan bogʻliq. P. hayvonning oziq kam boʻlgan chekka shimol yoki choʻl sharoitida yashab qolishiga imkon beradi. Hayvonlarning bir xil yoki bir necha xil oziq bilan oziqlanishi monofagiya yoki stenofagiya deyiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil