Poliefir tolalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Poliefir tolalar — polieti-lentereftalatdan tayyorlanadigan sintetik tolalar. Issiqqa chidamligiga koʻra, Poliefir tolalar maʼlum boʻlgan barcha tabiiy va sintetik tolalardan ustun turadi. Poliefir tolalar ishqalanishga, yorugʻlik nuri, ishqorlarning qaynoq va konsentrlangan eritmalari taʼsiriga chidamli. Texnik Poliefir tolalar konveyer va turli mexa-nizmlar uchun uzatuvchi tasmalar, ar-qonlar, filtrlovchi materiallar va boshqa tayyorlashda ishlatiladi. Toʻqimachilik iplari (krimplen, melan va boshqalar), trikotaj, turli matolar ishlab chiqarishda qoʻlla-nadi. Savdodagi nomlari: lavsan (MDH mamlakatlari), terilen (Buyuk Britaniya), dakron (AQSH), elana (Polsha), tesil (Chexiya).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil