Poliakrilonitril tolalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Poliakrilonitril tolalar — poliakrilonitril eritmasidan yoki tarkibida 85% akrilonitril boʻlgan sopolimerlardan tayyorlanadigan sintetik tolalar. Metilakrilat, metilme-takrilat, vinilatsetat, metakrilamid, 2-vinilpiridin, 2-metil-5vinilpiridin, vinilpirrolidon, itakon kislota va boshqa sopolimer uchun komponent sifatida ishlatiladi. Bu komponentlar Poliakrilonitril tolalarga turli xil rang berish, ka-yishqoq qilish imkonini beradi. Poliakrilonitril tolalar trikotaj mahsulotlari, dekorativ va texnik gazlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Koʻpgina davlatlarda quyidagi nomda ishlab chiqariladi: nitron (MDH mamlakatlari); orlon, amrilon, kreslon (AQSH); krilor (Fransiya), vol-pryula, redon, dolan (GFR), kurtel (Angliya), kashmilan (Yaponiya) va h.k.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil