Poliakrilatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Poliakrilatlar — akril kislota efirlarining polimerlari. Umumiy formulasi [—SN2—C(R’)(COOR)-]n, bu yerda R’—N yoki SN,; R — alkil yoki aril radikali. P.ning baʼzilari kat-tik, kayishqok, shaffof, baʼzilari ancha yumshoq, kauchuksimon, mumsimon mahsulotlar. Ultrabinafsha nurlarini oʻtkazish xossasi kvarsnikiga yaqin, zichligi 1150–1250 kg/m3. Kimyoviy jixatdan barqaror, yorugʻlik, kislorod, benzin va moylar taʼsiriga chi-damli, organik erituvchilar va oʻzlarining monomerlarida yaxshi eriydi. Akrilatlarni suvli muhitda (emulsiya usuli), massada (blokli usul) va erituvchida peroksid initsiatorlar ishtirokida polimerlash usuli bilan olinadi. P. tibbiyotda, mas, kontakt linzalari, sunʼiy tishlar va boshqa pro-tezlar tayyorlashda, suvli dispersiyalari teriga ishlov berish, qogʻoz, taxta va matoga shimdiriluvchi tarkiblar sifatida, lok-boʻyoq materiallar va yelimlar olishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil