Pol Sabate

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pol Sabate (5-yanvar 1854-yil — 14-avgust 1941-yil, Fransiya) — fransuz kimyogari. Tuluzada Oliy pedagogika institutini bitirgan. P. E. M. Berto rahbarligida Bordo va Tuluz universitetlarida ishlagan.

Asosiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pol Sabate sulfidlar, selenidlar, xloridlar va bromid elementlarining termokimyosi ustida ish olib borgan. Muhim ishlaridan biri kimyoviy kataliz sohasidagi yutuqlari hisoblanadi. Spirtlarning katalitik oʻzgarishlarini oʻrganishda katalizator sifatida maydalangan metall va oksid kukunlarini qoʻllagan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pol sabate 1913-yilda „Anorganik kimyo sohasidagi ixtirolari, atom va molekulaga bogʻliq tadqiqotlari uchun“ Nobel mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. S.M.Turobjonov, M.T.Primqulov, G'.R.Rahmonberdiyev. Kimyo sohasi bo'yicha nobel mukofoti sovrindorlari, 2009 — 11 bet.