Pokiston parlamenti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pokiston parlamenti (urducha مجلس شوریٰ پاکستان‎,) — Pokistonning federal qonun chiqaruvchi organi (parlamenti). Pokiston parlamenti asosan ayollar tomonidan boshqarilgan va 2012-yilda Islom mamlakatlari ichida eng katta koʻrsatgichni egallagan.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamonaviy parlament ikki palatadan iborat:

• Yuqori palata — Pokiston Senati

• Quyi palata — Pokiston Milliy assambleyasi.

Konstitutsiyaning 50-moddasiga koʻra, Pokiston Prezidenti ham parlamentga kiradi.

Milliy Assambleya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy assambleya Pokiston parlamentining quyi palatasi hisoblanadi. U 342 deputatdan iborat bo‘lib, ulardan 272 nafari yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi, 60 o‘rin ayollarga, 10 tasi diniy ozchiliklarga tegishli. Fehmida Mirzo 2008-yil 19-martdan 2013-yil 3-iyungacha Milliy Majlis raisi boʻlgan. 2013-yil 3-iyundan buyon bu lavozimni Sardor Sodiq egallab kelmoqda.

Senat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Senat Pokiston parlamentining yuqori palatasi hisoblanadi. U federal parlament quyi palatasi deputatlari va viloyat qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan 100 nafar deputatdan iborat. Senatning vakolat muddati 6 yil. Senatning uchdan bir qismi har 2 yilda yangilanadi. Senat raisi — Razo Rabboniy (2015-yil 11-martdan).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]