Pokistonda prezidenlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pokiston prezidenti (urdu — صدر مملکت‎) — Pokiston davlat rahbari. Konstitutsiyaga ko‘ra, prezident saylovchilar kollegiyasi tomonidan besh yil muddatga saylanadi. Saylovchilar kollegiyasi tarkibiga Milliy assambleya deputatlari, Senat aʼzolari, shuningdek, to‘rtta viloyat parlamentlari kiradi. Prezident qayta saylanishi mumkin, lekin ketma-ket ikki martadan ortiq emas. Agar parlamentning uchdan ikki qismi ovoz bersa, prezidentga qarshi impichment jarayoni boshlanishi, keyin esa uning isteʼfoga chiqishi mumkin.

Pokiston prezidenti lavozimi anʼanaviy ravishda faqat nominal boʻlib, haqiqiy hokimiyat Bosh vazir qoʻlida. Amaldagi konstitutsiya prezidentga yangi saylovlar oʻtkazish orqali Milliy Assambleyani tarqatib yuborish va bosh vazirni isteʼfoga chiqarish vakolatini beradi, garchi bu qarorlarga Oliy sud veto qoʻyishi mumkin. Prezident, shuningdek, Milliy xavfsizlik kengashiga rahbarlik qiladi va mamlakat qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni hisoblanadi.

2010 yil aprel oyida Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy o‘z vakolatlarini cheklash bo‘yicha konstitutsiyaga o‘zgartirishlarni imzoladi. Prezident tomonidan imzolangan mamlakatning asosiy qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, davlat rahbari bosh vazirni lavozimidan ozod etish, harbiy qo‘mondonlik rahbarlarini tayinlash, parlamentni o‘zboshimchalik bilan tarqatib yuborish va favqulodda holat joriy etish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Pokiston prezidentlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iskandar Mirzo 1956-1958 • Muhammad Ayyub Xon 1958-1969 • Muhammad Yahyoxon 1969-1971 • Zulfiqor Ali Bhutto 1971-1973 • Fazal Ilohi Chudhuri 1973-1978 • Muxammad Ziyo ul-haq 1978-1988 • Gʻulom Isxoqxon 1988—1993 • Vasim Sajjod 1993 • Faruh Legariy 1994—1997 • Vasim Sajjod 1997—1998 • Rafiq Tarar 1998—2001 • Pervez Musharraf 2001—2008 • Muhammad Somro 2008 • Asif Ali Zardoriy 2008—2013 • Mamnun Husayn 2013—2018 • Orif Alvi 2018 yildan beri