Pokiston Superligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pokiston Superligasi (PSL) – Pokistonda oʻtkaziladigan professional Twenty20 kriket turniri. Pokiston Kriket Kengashi tomonidan tashkil etilgan PSLning birinchi mavsumi 2016-yil 4–24-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtdi[1].

Liga har bir franshiza investorlar tomonidan egalik qilinadigan va nazorat qilinadigan yagona tuzilmadir. Turnirda ishtirok etgan oltita jamoa: Islomobod Yunayted, Karachi Kings, Lahor Qalandars, Peshavar Zalmi, Quetta Gladiators va Multan Sultons. Jamoa tarkibida Pokistondan yetti, hamda boshqa mamlakatlardan toʻrt nafar ishtirokchi boʻlishi kerak.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil sentyabr oyida Pokiston Kriket Kengashi PSL ishga tushirilganini rasman eʼlon qildi. Pokistonning sobiq sardorlari Vasim Akram va Ramiz Raja PSLni targʻib qilish va uch yil davomida liganing brend elchisi boʻlish uchun shartnoma imzoladilar[2].

Yillik rejalar va ikkita muvaffaqiyatsiz urinishlardan soʻng, liga 2016-yilning 4-fevralida Birlashgan Arab Amirliklarida rasman boshlandi. U yerda Baxtavar Bxutto-Zardari hamda shayx Nahayon bin Muborak Al Nahayon ishtirokida ochilish marosimi oʻtkazildi[3][4]. Dastlabki ikki mavsumda Pokiston viloyatlari va federal poytaxtlaridan beshta jamoa ishtirok etdi[5][6]. Birinchi mavsumda PSLda xalqaro oʻyinchilarning foizi yuqori edi. Liga koʻplab Shimoliy Amerika professional sport ligalari va boshqa T20 ligalarida qoʻllaniladigan auksion tizimidan farqli oʻlaroq, oʻyinchilarni jalb qilish uchun sinov tizimidan foydalandi[7].

Rasmiy PSL logotipi 2015-yil 20-sentyabrda Lohurda boʻlib oʻtgan tantanali marosimda taqdim etildi. Marosimda amaldagi va nafaqadagi kriketchilar hamda pokistonlik mashhurlar ishtirok etishdi.

Ilk franshizalarga boʻlgan tijorat huquqlari 2015-yil dekabr oyida 10 yil muddatga 93 million AQSh dollariga sotilgan. Orif Habibning soʻzlariga koʻra, PSLning bozor qiymati 2017-yilda 300 million AQSh dollarigacha boʻlgan[8] va oʻshandan beri sezilarli darajada koʻtarilgan[9].

2020-yilgi mavsum koronavirus epidemiyasi sababli mart oyida pley-off bosqichida toʻxtatilgan edi. Bellashuv qayta tiklandi va noyabr oyida yakunlandi.

Kengash 2021-yil mart oyida oʻyinchilarning shikoyatlari, havotirlari hamda yangi infeksiyalarning tarqalishi[10] tufayli oʻyinlarni yana toʻxtatdi.

Kengaytma[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda ligaga oltinchi jamoani qoʻshish taklifi muhokama qilingan, biroq 2016-yilning may oyida taklif bekor qilingan[11]. Setxi 2017-yilgi PSL tugaganidan bir necha kun oʻtib, keyingi PSL mavsumi uchun oltinchi jamoa qoʻshilishini eʼlon qildi. Xayber-Paxtunxva gubernatori Iqbol Zafar Jagra PSL maʼmuriyatiga PSL-2018da oltinchi jamoa ishtirok etishini taklif etdi. Gilgit-Baltiston bosh vaziri Hafiz Hafizur Rehman ham Gilgit-Baltistonda oltinchi jamoa borligini aytdi. Pokiston Kriket Kengashi oltinchi jamoa uchun beshta nomni qisqa roʻyxatga kiritdi: Faysalobod, FATA, Haydarobod, Dera Murod Jamali va Multan[12].

PSL-2018 mavsumi uchun oltinchi jamoaning yakuniy nomi 2017-yil 1-iyun kuni Multan Sultons deb eʼlon qilindi. Jamoa Schön Properties tomonidan 5,2 million dollarga sotib olindi[13][14]. 2018-yil 10-noyabrda Pokiston Kriket Kengashi Schön Properties bilan shartnomani bekor qildi[15].

Moliyaviy holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning may oyida PSLning birinchi mavsumi 2,6 million AQSH dollari miqdorida foyda koʻrgani maʼlum boʻldi[16] .

Homiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liganing birinchi hamkori HBL Pokiston edi. Shartnoma 2015-yilning dekabr oyida uch yil muddatga imzolandi[17].

Shartnoma muddati tugagach, HBL Pokiston homiylikni yana uch yilga uzaytirdi[18].

Kompaniya Davr Shartnoma miqdori (yillik) Eslatmalar
HBL 2016–2018 yillar 5 million dollar AQSH dollari [19]
2019–2021 yillar 14,3 million dollar AQSH dollari [18]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „PSL kicks off with colourful ceremony in Dubai“ (en-US). ARY NEWS (2016-yil 4-fevral). 2018-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  2. „Wasim Akram, Ramiz Raja become official ambassadors for PSL“ (en). The Express Tribune (2015-yil 8-sentyabr). 2019-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  3. „Pakistan Super League set to be moved to UAE“ (ar). Gulf-Times (2015-yil 21-sentyabr). 2016-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  4. Rishad Mahmood. „Pakistan Super League: Morale booster or gimmick?“ (en). www.aljazeera.com. 2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  5. „The Wall Street Journal - Breaking News, Business, Financial & Economic News, World News and Video“ (en-US). WSJ. 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  6. „Dubai, Sharjah venues for Pakistan Super League“ (en). ESPNcricinfo. 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  7. „Pakistan Super League: Draft pick order decided, logo launched“ (en). The Express Tribune (2015-yil 15-dekabr). 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  8. „Back From Exile, Pakistan's Cricket Push Lures Advertisers“. Bloomberg.com (2017-yil 13-mart). 2018-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  9. „PSL 2020 spurs business boom at home“ (en). Arab News PK (2020-yil 29-fevral). Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  10. „Суперлига Пакистана по крикету приостановлена из-за Covid-19“ (ru-RU). 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  11. „PSL’s second edition to remain five-team event“ (en-US). PKKH.tv (2016-yil 18-may). 2022-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  12. „PCB shortlists five possible regions for 6th team in PSL 3“ (en). www.geo.tv. 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  13. „PSL gets sixth team as Schon group buys franchise for $5.2 million“ (en-US). ARY NEWS (2017-yil 1-iyun). 2017-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  14. „PCB announces sixth PSL franchise | SAMAA“ (en-US). Samaa TV. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  15. Dawn.com. „PCB terminates franchise agreement with Schon Group for Multan Sultans“ (en). DAWN.COM (2018-yil 11-noyabr). 2018-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  16. „PCB reaps $2.6m profit from Pakistan Super League“ (en). The Express Tribune (2016-yil 3-may). 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  17. „Pakistan Super League (PSL) Teams, Sponsors, Broadcasting“ (en-US). TOTAL SPORTEK (2015-yil 3-dekabr). 2021-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  18. 18,0 18,1 „HBL Pakistan Super League“ (en). www.psl-t20.com. 2018-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  19. „crictale.com“. www.afternic.com. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.