Pojarevats sulhi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Pojarevats sulhi yoki Passarovits sulhi (nemischa: Friede von Passarowitz, turkcha: Pasarofça Antlaşması, serbcha: Пожаревачки мир) — 1718-yil 21-iyulda bir tomondan Avstriya va Venetsiya va boshqa tomondan Usmonli imperiyasi oʻrtasida Pojarevats shahrida tuzilgan va Avstriya-Turkiya va Turkiya-Venetsiya urushlarini tugatgan tinchlik shartnomasi[1].

Usmonli imperiyasi Banat, Olteniya va Shimoliy Serbiyani Belgrad bilan birga Avstriyaga berdi. Avstriya 21-yil oʻtgach, Belgrad sulhi ostida ushbu barcha mulklarni Usmonli imperiyasiga qaytardi. Venetsiya 1715-yilda Usmonlilar bosib olgan Peloponnes yarim orolining bir qismini ularga berib qoʻydi, lekin Gretsiya va Albaniyadagi baʼzi qal’alarni, shuningdek Cherigo (Kitira) va Cherigotto (Andikitira) orollarini oʻzida saqlab qoldi. Tinchlik muzokaralari chogʻida baʼzi savdo shartnomalari ham imzolandi, ularga koʻra Avstriya hududidagi sulton fuqarolariga savdo erkinligi berildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Пожаревацкие мирные договоры 1718 // Перу — Полуприцеп [Электронный ресурс]. — 2014. — С. 576. — (Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов ; 2004—2017, т. 26). — ISBN 978-5-85270-363-7.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Пожаревацкие мирные договоры 1718 // Перу — Полуприцеп [Электронный ресурс]. — 2014. — С. 576. — (Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. * Осипов ; 2004—2017, т. 26). — ISBN 978-5-85270-363-7.
  • Hochedlinger, Michael (2013). Austria’s Wars of Emergence: War, State and Society in the Habsburg Monarchy, 1683—1797. London & New York: Routledge.
  • Ćirković, Sima (2004). The Serbs. Malden: Blackwell Publishing.

Ingrao, Charles; Samardžić, Nikola; Pešalj, Jovan, eds. (2011). The Peace of Passarowitz, 1718. West Lafayette: Purdue University Press.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]