Podsho pirim majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Podsho pirim majmuasi — Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi meʼmoriy yodgorlik. Dastlab Fargʻona vodiysida islom dinini targʻib qilgan Shoh Jalil qabri ustiga sagʻana qurilgan, keyinchalik atrofida P.Podsho pirim majmuasi barpo etilgan. Majmua 2 hovlidan iborat. Birinchisida peshtoq-gumbazli darvozaxona (15-asr) hamda uning yon tomoniga qurilgan mayejid (20-asr), ikkinchisida 15— 16-asrlarga oid qabr va sagʻanalardan iborat maqbara bor.

Mayejid toʻgʻri toʻrtburchak tarhli xonaqoh, shifti mahalliy meʼmorlik uslubida oʻziga xos bezakdor qilib ishlangan. 3 tomoni ayvondan iborat. Ayvon shiftini 44 ustun koʻtarib tu-radi. Pogʻonali qilib bir tomonlama qurilgan maqbara (18x8m), shim.-jan. oʻqi boʻylab joylashgan chortoq tarhli ziyoratxona (5,2x5,2 m) va goʻrxona (4,3x4,3 m) dan iborat. Ziyoratxona devori sathiga chuqur ravoqli tokchalar ishlangan. Xona ichi ganch suvoqli, ravoqsimon darchalar orqali xonaga yorugʻlik tushadi. Darchalarga panjaralar ishlangan. Ikki tabaqali yogʻoch eshiklar yassi oʻyma naqshlar bilan bezatilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil