Pochta texnikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pochta texnikasi - pochta aloqaspaya asosiy ishlab chiqarish operatsiyalari (pochtani qabul qilish, manzil boʻyicha egalariga yetkazish, ajratish, tashish va boshqalar) ni bajarishda foydalaniladigan qurilma va transport vositalari. Eng sodda Pochta texnikasi 1653 i. fransuz Renuar de Villays taklifi bilan yaratilgan pochta yashigidir. Pochta 19-asr boshlarida otga qoʻshilgan relsli ekipajlarda, 1830-yil Buyuk Britaniyada Liverpul — Manchester oraligʻida temir yoʻl ishga tushishi bilan pochta vagonlarida tashila boshladi. Transport yoʻli, suv, avtomobil va havo transport larining rivojlanishi pochta alokasining keng suratda oʻsishiga olib keldi. Shundan soʻng dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqaldi. Pochta muassasalarida pochtakassa apparatlari qoʻllanila boshladi. Ular joʻnatilgan pullarni qabul qilib olish va egalariga toʻlashni, qiymatli xat, joʻnatma, te-lefamma va boshqalarni qabul qilishni huj-jatlashtirish imkonini beradi. Joʻnatma, xatlar, banderol, gaz. va jur.larni ajratishni mexanizatsiyalashda maxsus pochta mashinalaridan foydalaniladi. Yirik pochta uzellarida junatiladigan pochtalarni ajratishda yarim avtomat mashinalardan, ichki ishlab chiqarishda esa konveyerlardan foydalaniladi.

Joʻnatmalarni manzil boʻyicha ajratishda yarim avtomat saralash mashinalari ishlatiladi; mashina taqsimlash konveyeri, toʻplagich va klavishli pultdan iborat. Operator pult orkali mexanik yoki elektron qurilmalariga manzil beradi, yaʼni toʻplagichga yuk tushirish joyini belgilaydi. Hozir deyarli barcha pochta muassasalarida kompyuter xizmatidan foydalaniladi. Joʻnatmalar aviatsiya, temir yoʻl, avtotransport vositalarida tashiladi, telegraf, telefon, internet orqali uzatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil