Pobeda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"POBEDA" ("Gʻalaba") — oʻrta kechpishar xoʻraki uzum navi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining Oʻrta Osiyo tajriba styasida Bolqon uzumi va Gamburg muskati navlarini chatish-tirib chiqarilgan (M. Juravel, A. Negrulʼ; 1944). Tupi kuchli usadi. Bargi yirik, koʻp kertikli, orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi silindr-konussimon, boʻyi 25 sm, eni 16 sm, vazni 650—700 g , gʻujumi yirik, choʻziq, silindrsimon, oʻrtacha si-qiqroq, rangi kora, pusti kalin, koʻk mumgʻubor bilan qoplangan, seret. Tarki-bida 22—25% qand bor, hosildorligi 400 s/ga ga boradi. Avgust oxirlari — sentabr boshlarida pishadi. Yangiligida yeyiladi, shuningdek, gar-miyon mayizi tayyorlanadi. Sovuqqa chi-damsiz. Shuning uchun zang novdalarini koʻmish (oʻrash) tavsiya etiladi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun r-nlashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil