Poʻlat Rasulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Poʻlat Rasulov (1913.25.2 — Toshkent — 1990.9.9) — kinooperator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Faoliyatini "Oʻzbekfilm"da operator yordamchisi boʻlib boshlagan (1935—48), keyinchalik operator (1949—56). Toshkent telestudiyasida bosh operator (195661), Oʻzbekiston ilmiyommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida operator va rejissyor (1961—73). "Asal", "Nasriddin Buxoroda", "Tohir va Zuxra", "Nasriddinning sarguzashtlari", "Alisher Navoiy", "Fargʻona qizi" kabi filmlarning ikkinchi operatori. "Stadionda uchrashamiz" kinokomediyasining operatori, "Oʻzbekiston urush yillarida", "Yashargan hayot", "Oʻzbekiston gaz va kimyosi", "Nabi Gʻaniyev", "Barhayot Hamza", "Qutlov", "Xalq yozuvchisi Oybek", "Komil Yashin", "Baxtli bolalik", "Bogʻbon", "Tamara qoʻshiklari" hujjatli va ilmiyommabop filmlarning muallifoperatori va rejissyori.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil