Poʻlat Madreimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Poʻlat Shamshetovich Madreimov (1942.15.1, Qoraqalpogʻiston, Chimboy shahri) — baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1965). 1965— 70 yillar Qoraqalpoq teatrida baletmeyster, 1970—74 yillar Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida, ayni vaqtda 1970 yildan "Oyqulash" ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar. Raqslarida qoraqalpoq xalqining hayoti va urf-odatlari, tarixini xalq oʻyinlari va marosimlaridan olingan milliy harakatlar orqali ifodalashga intiladi. Sahnalashtirilgan eng yaxshi raqslari: "Oʻtov", "Lolalar raqsi", "Orol yigitlari", "Mehnat zavqi", "Oʻynasin", "Oyqulash", "Jilva", "Nozli qiz", "Chavandozlar", "Yoshlar sayli", "Uchrashuv" va boshqa Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2000).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil