Poʻlat Hasanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Poʻlat Fattohovich Hasanov (1937.15.12, Toshkent viloyati) — nazariy elektrotexnika sohasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), texnika fanlari doktori (1975), professor (1977). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1960). Shu institutda laborant, laboratoriya mudiri (1960—64), katta oʻqituvchi (1965—72), kafedra mudiri (1972—95). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida boʻlim, keyin boshqarma boshligʻi (1996—99). Davlat Test markazi direktori maslahatchisi, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga qarashli Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida ilmiy maslahatchi (1999 yildan). Ilmiy ishlari axborot-oʻlchov texnikasi, elektron zanjirlar nazariyasi, robotlar texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va masofaviy taʼlim tizi-miga doir.

Manbalar[tahrir]

  • Figurno-tochechnme modeli i diaopre-deliteli matrits, T., 1975; Preobrazovaniya sxem elektricheskix i elektronnmx sepey, T., 1978; Robot texnikasining formal modellari, T., 1994.