Pnevmokokklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pnevmokokklar (lot. pneumon -nafas va kokklar, streptococcus pneumoniae) — streptokokklar turkumiga mansub bakteriyalar. Hujayrasi (diametri 0,5—1,25 mkm), odatda, juft, harakatsiz, dumaloq yoki oval shaklda, grammusbat aeroblar. P. tashki muhit sharoiti taʼsiriga kam chidamli, patogenlik xususiyatiga ega. Pnevmoniya va nafas organlarining boshqa kasalliklarini qoʻzgatadi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil