Pnevmatik asboblar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pnevmatik asboblar - ichiga pnevmatik (havo kuchi bilan ishlaydigan) dvigatel (motorcha) oʻrnatilgan dastlabki ish kurollari. Pnevmatik bolgʻalar, perforatorlar (teshiklar teshuvchi asboblar), beton qoʻporgichlar, gayga buragichlar, arralar, qaychilar, silliqlash (yaltiratish) va parmalash mashi-nalari Pnevmatik asboblar jumlasiga kiradi. Odatda, Pnevmatik asboblarning vazni 2–10 kg dan oshmaydi. Ularda porshenli va rotatsion dvigatellar (quvvati 0,15 dan 1,75 kvt) qoʻllanadi. Pnevmatik asboblarda ishlatiladigan siqiq havo bosimi — 0,6—1 Mn/m2 (6–10 kg kuch/ sm2). Oddiyligi, ishlatish qulayligi, xavfsizligi, har qanday sharoitda ishlatish mumkinligi va boshqa afzalliklari tufayli Pnevmatik asboblar keng qoʻllanadi. Pnevmatik asboblar kurilishda, mashinasozlikda, metallarga ishlov berishda, kon sanoatida, transportda, avtomobillarni taʼmirlash us-taxonalarida, uy-roʻzgʻorda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil