Plzeň
Plzeň(chex. Plzeň, ingl. Pilsen) - Chexiyadagi shahar, Bero-unka daryosi boʻyida. Aholisi 171 356 kishi (atrofidagi tumanlar bilan 225 000 ga yaqin). Chexiyaning 4-yirik shahri (Praga, Brno va Ostravadan keyin). Mamlakatning yirik transport yoʻllari tuguni va muhim sanoat markazi. Ogir mashinasozlik rivojlangan. AES uchun jihozlar ishlab chiqarish, elektrotexnika, lokomotiv va vagonsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy galereya bor. Plzenga 1292-yilda asos solingan. 14— 15-asrlarda yirik hunarmandchilik va savdo shahri boʻlgan. 14—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]
Plzen o'zining "Shkoda Holding" avtomobilsozlik sanoati va pivosi (Pilsner Urquell, Gambrinus) bilan tanilgan. Shuningdek, koʻp tarixiy bino va inshootlar mavjud.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixiy yodgоrliklаri
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shahar markazidagi gotik uslubda 1292-yilga qurilgan Bartolomney cherkovi. Balandligi 102 metr bo'lib, g'arbiy Chexiyadagi eng baland cherkovdir.
- 1300-yilda barbo etilgan Frantishkan monastiri
- Jozef Tyl teatri
- 1893-yilda qurib bitkazilgan Yahudiy Sinagogasi. Kattaligi bo'yicha dunyoda 3-o'rinda (New York va Budapesht sinagogalaridan keyin) turadi.
- Uzunligi 17,5 km boʻlgan Plzen tarixiy yer osti yo'llari
- G'arbiy Chexiya muzeyi
Transport tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda markaziy temir yo'l vokzali bor. Shuningdek, shahar yo'lovchi tashish transport turlaridan avtobus, trolleybus va tramvay mavjud.
Plzenning mashxur shaxslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Petr Chex, futbolchi, darvozabon
- Pavel Nedved, futbolchi
- Peter Grunberg fizik, Nobel mukofoti sovrindori
- Katerina Emmons o'q otish bo'yicha olimpiada va jahon chempioni
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Plzen shahar rasmiy veb sayti (Wayback Machine saytida 2008-12-16 sanasida arxivlangan)
- The University of West Bohemia in Pilsen (UWB) (Wayback Machine saytida 2008-12-19 sanasida arxivlangan)
- SHAHAR BO'YLAB VIRTUAL SAYOHAT (Wayback Machine saytida 2009-01-24 sanasida arxivlangan)
- Shahar jamoat transporti veb sahifasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |