Pleyotropiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pleyotropiya (yun. pleon - ancha koʻp sonli va tropos — burilish, yoʻnalish) — genning koʻp tomonlama, yaʼni bir nechta belgilarning rivojlanishiga taʼsir koʻrsata olish xususiyati. P. hodisasi genotip nazorat qilib turadigan reaksiyalar mahsuloti darajasida oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan genlar sistemasi bilan bogʻliq. Amalda har bir gen metabolizm jarayonining maʼlum bir bosqichini nazorat qiladi; hujayrada metabolitik jarayonlarning koʻp bosqichligi va xilma-xilligi tufayli biron bosqichda metabolizmning izdan chiqishi (bir gendagi mutatsiya) keyingi bosqichlarning borishiga, binobarin, bir nechta belgilarga taʼsir koʻrsatadi. Bir gen mahsuloti (mas, ferment)ning bir nechta biokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etishi,gemoglobin molekulasida polipeptid zanjirning sintezini nazorat etuvchi gendagi retsessiv mutatsiya genning pleyotrop taʼsiriga misol boʻla oladi. Bunday mutatsiya gemoglobin molekulasining r- zan-jirida bitta aminokislota qoldigʻining (glutamin kislotaning valin bilan) almashinishini taʼminlaydi. Natijada eritrotsitlarning shakli oʻzgarib, oʻroqsimon (yarim oysimon) shaklga kiradi. Bu esa, oʻz navbatida, yurak, kon aylanish, nerv, ovqat hazm qilish va ayirish sistemalari faoliyatining buzilishiga olib keladi. Bunday mutatsiyaga nisbatan gomozigot (retsessiv gomozi-gotali) boʻlgan odam bolalik davridayoq nobud boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil