Pleonazm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pleonazm (yun. pleonasmos — ortiqchalik) — bir xil yoki sinonimik ifoda vositalarining (til birliklarining) semantik jihatdan takror holda qoʻllanishi. P. tejamlilik prin-sipiga zid hodisadir. Biroq shunga qaramay u uslubiy vazifa bajarishga asoslanadi. Pleonastik qoʻllanish uchun shakliy takror asosiy mezon boʻla olmaydi, balki mavjud maʼnoning qay-ta takrorlanishi asosdir. Nutkda takrorlanayotgan birliklarning turi (qoʻshimcha, soʻz, gap)ga qarab, P.ni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Leksik P.lar; 2. Semantik P.lar; 3. Affiksal P.lar; 4. Leksik-affiksal P.lar. 5. Sintaktik P.lar.

Agar sinonim yoki semantik jihatdan yaqin boʻlgan soʻzlar leksik birlik sifatida birikib, oʻzaro aniklovchi — aniklanmish munosabatida boʻlsa, ular leksik P.lar hisoblanadi: koʻtshak it, tuz namak, interval oraligʻi, mayda mikroblar kabi. Bunday tavtologik harakterdagi P.lar koʻpincha oʻzlashma soʻzning maʼnosini toʻla anglamaslik yoki hisobga olmaslik natijasida unga shu soʻzning oʻzbekcha sinonimini qoʻshish tufayli vujudga keladi. Baʼzi leksik P.larda aynan bir tushunchaning takrori mavjud boʻlsada, oʻzlashma soʻz semantikasida maʼno siljishi roʻy beradi: bosh-oyoq sarpo (forscha "sar-po" — bosh-oyoq), lahm goʻsht (arab. "lahm" — goʻsht).

Oʻzbek tilida semantik P. ham keng tarqalgan: oyoq bilan tepmoq, koʻz bilan koʻrmoq, qari chol, maxfiy sir kabi (tepish oyoq orqali, koʻrish koʻz orqali sodir boʻlishi; chol boʻlgach, uning qariligi, sir boʻlgandan keyin maxfiyligi aniq narsa). Mazkur misollardagi semantik ortiqchaliklar nutkda taʼsirchanlikni, taʼkidni oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Affiksal P.lar qoʻshimchalarning takrorlanishi natijasida vujudga keladi: kuylashaylikkuylaylik, koʻkimtirroq (-imtir va roq), singlisi (-i va -si) va boshqa Leksik-affiksal P.larda oʻzak-negiz anglatgan maʼno qoʻshimcha orqali yana takror ifodalanadi. Mas, toʻqayzor, oʻrmonzor soʻzlarining oʻzagida oʻrin maʼnosi ham, jamlik maʼnosi ham anglashiladi. Kulolchi, omborxona, yotoqxona soʻzlarida ham pleonastik qoʻllanish kuzatiladi. Bunday hollarda pleonastik qoʻllanishga hojat yoʻq. Til doimo oʻta aniqlikka intilar ekan, unda ortiqchalikning yuzaga kelishi tabiiydir. Ortiqchaliklar esa koʻpincha uslubiy vazifa uchun xizmat qiladi. Tavtologiya ham P.ning bir koʻrinishi hisoblanadi.

Neʼmat Mahkamov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil