Plazmodesmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Plazmodesmalar (plazma va yun. desma — bogʻ) — oʻsimliklarda qoʻshni hujayralar protoplastlarini oʻzaro bogʻlab turuvchi sitoplazma ipchalari. P. xujayra boʻlinishi davrida hujay-ra qobigʻi tarkibida hosil boʻladigan naychalarda joylashadi. Naychalar boʻshligʻini plazmatik membrana oʻrab turadi. Naychalar diametri 20—70 nm ga teng boʻlib, ular soni har xil hujayralarda bir xil boʻlmasligi mumkin. P. orqali taʼsirlanish va moddalar bir hujayradan ikkinchisiga oʻtib, xujayralar oʻrtasida umumiy bogʻlanish amalga oshiriladi. (yana q. Hujayra, Endoplazmashik toʻr).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil