Plazma metallurgiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Plazma metallurgiyasi - metall va krtishmalarni plazma gaz reaktorlari va plazma pechlarida olish hamda qayta ishlash, plazmali qizdirish usulidan foydalanish. 20-asr 50-yillaridan rivojlana boshlagan. Rudalar plazmada qayta ishlanadi; bunda ular yo plazma oqimiga kukun holida purkaladi yoki elektr oʻtkazuvchi material bilan aralashma hosil qiladi. Poʻlat va qotishmalar plazmali yoyli pechlarda eritiladi. Plazma metallurgiyasida turlicha eritish jarayonlari amalga oshiriladi: metallni inert gazlar muhitida qayta eritish; metallni plazmavodorod bilan oksidlab yoki azot bilan toʻyintirib qay-ta eritish; shlak bilan plazma-yoy yorda-mida qayta eritish; domna va marten pechlarida yordamchi issiklik manbai sifatida plazmotron qurilmasidan foydalanish mumkin (qarang Metallurgiya).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil