Platon Ivanovich Ivanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Platon Ivanovich Ivanov (1891 — 1968) — psixolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1968), professor (1938), 1927 yildan Oʻzbekistonda. Dastlab Samarkanddagi Oʻzbek oliy pedagogika institutida dars bergan. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutida ped. (1930—39), psixologiya kafedralari (1939—68) mudiri. Shu institutda psixologiya laboratoriya ni ochgan va unga rahbarlik qilgan. Psixologiyaning turli masalalariga, xususan, iroda va harakter tarbiyasiga oid bir necha asarlari, pedagogika institutlari talabalari uchun darsliklari nashr etilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil