Platon Ivanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Platon Ivanovich Ivanov (1891 — 1968) — psixolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1968), professor (1938), 1927-yildan Oʻzbekistonda. Dastlab Samarkanddagi Oʻzbek oliy pedagogika institutida dars bergan. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutida ped. (1930—39), psixologiya kafedralari (1939—68) mudiri. Shu institutda psixologiya laboratoriya ni ochgan va unga rahbarlik qilgan. Psixologiyaning turli masalalariga, xususan, iroda va harakter tarbiyasiga oid bir necha asarlari, pedagogika institutlari talabalari uchun darsliklari nashr etilgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil