Platina qotishmalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Platina qotishmalari - asosini platina tashkil qiladigan qotishmalar; odatda, legirlovchi elementning (qarang Legirlash) platinadagi qattiq eritmasidan iborat boʻladi. Platina qotishmalarining muhim legirlovchi elementlari: rodiy (Rh), iridiy (Ir), palladiy (Pd), ruteniy (Ru), nikel (Ni), kobalt (So), mis (Si), volfram (W) va molibden (Mo). Platina qotishmalari suyuqlanish temperaturasi yuqori, zararli muhitlarda korroziya (zanglash)ga (oksidlanishga) chi-damli, mexanik xossalari yuqori, yeyilishga juda chidamli material. Platina qotishmalarini bosim bilan ishlab (bolgʻalab, prokatlab, shtamplab va choʻzib), har xil buyumlar olish mumkin. Ular termoparalar, elektr asboblarning qismalari (klemmalari), yuqori temperaturada eriydigan kavsharlar, prujinalar, doimiy magnitlar, shisha suyultirish idishlari, sunʼiy tola ishlab chiqariladigan filyerlar va boshqa muxim detallar hamda elementlar tayyorlashda, kimyoviy reaksiyalarda katalizatorlar sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil