Adabiy oʻgʻrilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Plagiatdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Adabiy o‘g‘rilik, plagiat – birovning asarini ko‘chirib, o‘ziniki qilib olish. Bunday o‘g‘rilik muallif ijozatisiz ilmiy, adabiy, musiqiy yoki badiiy asarni o‘z nomidan to‘la yoki qisman bo-stirib chiqarishdan, kashfiyot yoki ixti-rochilik takliflarini o‘ziniki qilib olishdan iborat. Aybdor o‘z harakatining ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab, fuqarolik yoki jinoiy tartibda javob-garlikka tortiladi, binobarin haqiqiy muallifning huquqi tiklanadi. "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 46-mod-dasida "huquq egasi bilan shartnoma tuz-magan holda asardan foydalanilgan taqdirda qoidabuzar huquq egasiga yetka-zilgan zararning o‘rnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplashi shart" ekanligi ko‘rsatilgan. Huquq egasi qoidabuzardan o‘zi ko‘rgan zarar o‘rniga uning qoidabuzarlik oqibatida olgan daromadlarini undirib olishga haqli. Asardan mualliflik shartnomasida na-zarda tutilmagan usulda yoki bunday shar-tnomaning amal qilishi to‘xtaganidan keyin foydalanish asardan shartno-ma tuzmagan holda foydalanish, deb hisoblanadi. Mazkur qonunda muallif (hammualliflar)ning o‘zi yaratgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ayni shu asarga mualliflik huquqi e’tirof qilinishini is-tisno etishi; muallif asardan o‘z ismi-sharifi, taxallusini ko‘rsatgan holda yoki imzosiz foydalanish yoki shu tarzda foydalanishga ruxsat berish borasida alohida huquqqa (mualliflik nomiga bo‘lgan huquqqa) ega ekanligi ta’kid-langan (18-va 19-moddalar). Muallif o‘z asariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda asarga o‘zining roziligisiz biron-bir shaxs tomonidan o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishidan asa-rini himoya qilish borasida alohida huquqqa (asarning daxlsizligiga bo‘lgan huquqqa) ega (20-modda).Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasida tafakkur mulki ob’ektiga nisba-182tan mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash va sh.k. holatlar eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud olti yilgacha qamoq bilan jazolanishi ko‘rsatilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil